17:47 / 16.11.2015
2543

Louis Vuitton talabning tushib ketgani tufayli Xitoydagi uch do‘konini yopib yubordi

Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi Xitoydagi uch savdo nuqtasini yopishga majbur bo‘ldi. Financial Times nashrining yozishicha, mamlakatdagi eng yirik do‘konlardan biri (Guanchjou shahrida) ham yopilgan.

Shuningdek, brendning Xarbin va Urumchidagi do‘konlarini faoliyatini to‘xtatdi. Xitoyda lyuks toifasidagi tovarlarga bo‘lgan talablarning keskin tushib ketishi oqibatida brendning yana bir qator punktlari yaqin oylar ichida faoliyatini to‘xtatadi.

“Ma'lumotlarimga qaraganda, Louis Vuitton’ning Xitoydagi do‘konlarining 20 foizi keyingi yil oxiriga qadar yopiladi. Har oy bittadan do‘kon yopiladi”, - dedi Shanxaydagi Emmanuele Hemmerle Ltd. konsalting kompaniyasining boshqaruvchi sherigi Emmanuel Emmerl.

Ayni paytda Xitoyda brend 50tacha do‘konga ega, ularning ko‘pi ikkinchi darajali shaharlarda joylashgan. Bu shaharlarda esa iqtisodiy o‘sishning sekinlashishi birinchi navbatda bilinadi.

Top