10:28 / 16.11.2015
2321

O‘zbekistonlik dzyudochilar Xitoydagi Gran-Prida qatnashish uchun jo‘nab ketdi

20-22 noyabr kunlari Xitoyning Chingdao shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri o‘tkaziladi. O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, ushbu turnirda 68 davlatdan 430 nafar dzyudochi ishtirok etadi.

O‘zbekiston terma jamoasi safida bu turnirda qatnashish uchun quyidagi 7 sportchi yo‘l olgan:
Sharofiddin Lutfillayev (- 60 kg) – Parijdagi Katta Dubulg‘a turniri bronza medali sohibi, dunyo reytingida 7-o‘rin.

Mirali Sharipov (- 73 kg) – Toshkent-2015 Gran-Prisi g‘olibi, dunyo reytingida 41-o‘rin.

G‘iyosjon Boboyev (- 73 kg) – Toshkent-2015 Gran-Prisining bronza medali sohibi, dunyo reytingida 63-o‘rin.

Yahyo Imomov (- 81 kg) – Budapesht-2015 Gran-Prisi g‘olibi, dunyo reytingida 16-o‘rin.

Shaxzod Sobirov (- 81 kg) – Parijdagi Katta Dubulg‘a turniri g‘olibi, dunyo reytingida 22-o‘rin.

Doniyor Xudaybergenov (- 90 kg).

Top