12:33 / 16.11.2015
9190

Parijdagi teraktlar orqasidan tirikchilik qilishga urinuvchilar paydo bo‘ldi

Parijdagi teraktdan so‘ng ushbu fojia vositasida tirikchilik qilishga urinayotgan shaxslar paydo bo‘ldi.
Tegishli xeshteg, Eyfel minorasi bilan uyg‘unlashtirgan “pasifik” tinchlik belgisi, Je Suis Paris shiori internetda mashhur bo‘lib ketganidan so‘ng onlayn do‘konlarda fojiaga bag‘ishlangan hamda shu ramzlar aks etgan futbolkalar sotuvga chiqarib yuborildi.

Arsons & Architects kompaniyasi terakt kunining o‘zidayoq yangi kolleksiya chiqarishga qaror qildi.
“Dastlab biz kolleksiyamizni bahor oylarida chiqarmoqchi edik, lekin uning rang palitrasi Fransiya bayrog‘inikiga yaqinligi bois uni hoziroq saytimizdan xarid qilish mumkin, Parijdagi do‘stlarimizni qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida”, - degan xabar tarqatildi kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarida.

Top