12:36 / 16.11.2015
5962

Qirg‘iziston prezidenti Xitoyda davolanmoqda

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev ayni paytda Xitoyda davolash-profilaktika tadbirlarini qabul qilmoqda. Bu haqda maqsadida 24.kg axborot agentligi davlat rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda xabar qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, prezidentning qisqa muddatli mehnat ta'tili davom etmoqda. “Taxminan shu haftada prezident o‘z ishiga qaytadi”, - qayd qilindi axborot siyosati bo‘limi xabarida.

Qirg‘iziston prezidenti 2015 yilning 10 noyabr kuni qisqa muddatli ta'tilga chiqdi. Xabarlarga ko‘ra, Almazbek Atambayev ta'tilni o‘z oila a'zolari davrasida o‘tkazadi.

Top