11:59 / 16.11.2015
6468

Reuters: AQSh suriyalik isyonchilarga yana qurol yetkazib berdi

AQSh Suriyadagi muxolif kuchlari koalitsiyasiga IShIDga qarshi kurashish maqsadida yana bir partiya qurol-yarog‘ yetkazib berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha, qurol-yarog‘ quruqlik marshruti bo‘ylab mamlakat shimoliga olib kirilgan. Bu jarayonda amerikalik harbiylar ishtirok etmagan. Voqeaning boshqa tafsilotlari noma'lum.
Oxirgi marta AQSh Suriya isyonchilariga shu yilning oktabr oyi boshlarida 50 tonna o‘q-dori yetkazib bergan edi.

Top