16:09 / 16.11.2015
3557

Rossiya Davlat Dumasi IShID sababli Telegram`ni bloklashni taklif qilmoqda

Rossiya Davlat Dumasida IShID jangarilarining faoliyati sababli Telegram mesenjyeriga kirishga cheklovlar o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralmoqda, deya xabar berdi RIA “Novosti”.

“Rossiya OAV xabarlarida IShID jangarilari tomonidan Telegram mesenjyeridan tashviqot maqsadlarida foydalanilayotgan to‘g‘risidagi ko‘plab ma'lumotlar ko‘zga tashlanmoqda”, - deyiladi Rossiya Davlat Dumasi Konstitutsion qo‘mitasi rahbari Aleksandr Ageyevning maxsus xizmatlarga taqdim etgan murojaatida.

Deputatlar FXXdan mazkur ma'lumotlarni tekshirib ko‘rish va ular o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, foydalanuvchilarning Telegram`ga kirishini cheklash imkoniyatlari ko‘rib chiqishni so‘rashmoqda.

Top