11:08 / 16.11.2015
3782

Turkmaniston yo‘lsozlari Afg‘onistonda temir yo‘l qurilishini boshlaydi

2015 yilning oktabr oyida Turkmaniston-Afg‘oniston-Tojikiston xalqaro temir yo‘l magistrali Afg‘oniston chegaralariga qadar qurib bitkazilgan edi.
Turkman rasmiy axborot manbasining xabariga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichida ikkita temir yo‘l uchastkasi:

Turkmaniston hududidagi 85 kilometrlik Atamirat-Imamnazar va Imamnazardan Afg‘oniston hududidagi Andxoy aholi punktiga qadar davom etadigan 38 kilometrlik tarmoqni qurib bitkazish ko‘zda tutilgan. Magistral bo‘ylab ikkita temir yo‘l ko‘prigi va ikkita temir yo‘l stansiyasi bunyod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yil 3 dekabrda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamamedov, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Eron islom respublikasi prezidenti Hasan Ruxoniy Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron transmilliy temir yo‘lining ochilish marosimida ishtirok etgan edi.

2011 yil aprelida esa Ashxobodda Markaziy Osiyoni Yaqin Sharq davlatlari bilan bog‘laydigan yangi O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar xalqaro transport-tranzit yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan edi.

Top