20:52 / 17.11.2015
25102

“Sen menga ishonasanmi?” so‘zlarini yozib olgan musulmon yigitini yuzlab parijliklar bag‘riga bosishdi

Ko‘zlarini bog‘lab olgan holda “Men musulmonman, lekin menga sen terroristsan, deyishdi”, “Men senga ishonaman, sen ham menga ishonasanmi? Agar “ha” desang, meni bag‘ringga bos” jumlalarini yozib olgan musulmon yigitini parijliklar ber necha soat davomida bag‘riga bosishdi. Ayrimlar hattoki ko‘z yoshlarini yashirishmadi.

Yakunda u barchaga murojaat qilib, “Men musulmonman, lekin bu meni terroristga aylantirmaydi. Men hech qachon hech kimni o‘ldirmaganman. Men sizlarga ayta olamanki, o‘tgan juma (13 noyabr) kuni mening tug‘ilgan kunim edi, biroq men tashqariga chiqa olmadim. Qurbon bo‘lganlarning oilalariga chuqur ta'ziyamni izhor etaman”, qabilidagi fikrlarini aytib o‘tdi.

Top