10:02 / 17.11.2015
4326

Avstraliyaga dastlabki suriyalik qochqinlar yetib keldi

Avstraliyaning Pert shahriga besh nafar suriyalik yetib keldi. 17 noyabr kuni Avstraliya Ijtimoiy xizmatlar vaziri Kristian Porterning ma'lum qilishicha, ular hozirda migratsiya xizmatlari xodimlarining ishonchli panohida.
Besh kishi (bir oila a'zolari – ota-ona va uch farzand) Avstraliya o‘z hududidan joy berishga rozi bo‘lgan ilk suriyalik qochqinlardir.

Mamlakat hukumati e'lon qilgan rejaga ko‘ra, yashil qit'agda Yaqin Sharq qochqinlar lagerlaridan 12 ming nafar Suriya va Iroq fuqarolari qabul qilib olinadi.
Hukumatning mazkur qarori ijrosiga avstraliyaliklar yaqindagina Yaqin Sharq va Fransiyada sodir bo‘lgan yirik teraktlar sababli keskin norozilik bildirmoqda.

Parijdagi fojiaviy voqealardan keyin Yangi Janubiy Uels shtati parlamentining quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Enjryu Freyzer hukumatga Yaqin Sharq mamlakatlaridan bo‘lgan qochqinlarga davlat chegaralarini yopish haqida ochiq murojaat bilan chiqdi. “Avstraliya Yaqin Sharq qochqinlariga muhtoj emas, chegaralarni yoping, bizda anarxistlar shusiz ham yetarlicha topiladi va bizga ularning qochqinlar niqobi ostidagi yangilari kerak emas”, - dedi qonunshunos.

Avstraliya TIV rahbari Juli Bishop esa 17 noyabr kuni mazkur chaqiriqni inkor etib, qochqinlar lagerlarida kelgusida Avstraliyaga ko‘chirilishi ko‘zda tutilgan odamlarni tanlash jarayoni individual va xavfsizlik nuqtai nazaridan ishonchli tarzda tashkil etilishini ma'lum qildi.

Top