09:56 / 17.11.2015
2444

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi IShIDga qarshi kurashga qo‘shilish zarurligini aytdi

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon mamlakatning yana bir bor Suriyada IShID jangarilariga qarshi kurashda ishtirok etishi haqida o‘ylab ko‘rish zarurligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Biz IShIDga qarshi kuchliroq zarba berishga yordam berish haqida yana o‘ylab ko‘rishimiz kerak va bu muqarrar Suriyada IShID pozitsiyalariga zarbalar berish imkoniyatini ko‘rib chiqishga olib keladi”, deb aytdi Fellon.

Fellon kurashga qo‘shilishning barcha variantlarini ko‘rib chiqish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.

Top