14:07 / 17.11.2015
14026

Dushanbelik o‘smir bir ayolni intim video bilan shantaj qilgani ma'lum bo‘ldi

Tojikiston militsiyasi xodimlari 16 noyabr kuni Dushanbeda shantajda gumon qilinayotgan 18 yoshli fuqaroni qo‘lga oldi. Bu haqda News.tj resursi xabar bermoqda.

IIV matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘smir shu yilning oktabrida ijtimoiy tarmoqlarda Dushanbeda yashaydigan 34 yoshli ayol bilan tanishgan.

U ayolni o‘z xonadoniga taklif qilib, u bilan yaqinlik qilgan va jarayonni videolavhada qayd qilgan.

Shundan so‘ng yigit ayolni shantaj qilib, videolavha tarqab ketmasligi uchun 1.4 ming dollar berishni talab qilgan.
Shantajchi pullarni olayotgan paytda qo‘lga tushirilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top