07:15 / 17.11.2015
2459

Irlandiya terma jamoasi Yevro-2016 turniriga yo‘l olgan 22-ishtirokchiga aylandi

16 noyabrb oqshomida Irlandiya hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoalari o‘rtasida Yevro-2016 saralashi, pley-off bosqichining javob o‘yini o‘tkazildi. 

Unda mezbonlar 2:0 hisobida ustun keldi va Yevropa chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

O‘yinda Uolters penaltidan hisobni ochgan edi. O‘yinda hal qiluvchi golni ham uning o‘zi urdi. Shu tariqa, irlandlar Fransiyaga yo‘l olgan 22-jamoaga aylanishdi.

Ikki jamoa o‘rtasidan 3 kun oldin o‘tkazilgan pley-offning birinchi o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Aytish joizki, Irlandiya termasi Yevropa chempionatida uchinchi bor ishtirok etadi. Jamoa 1988 va 2012 yillarda ham final bosqichida o‘ynagan.

17 noyabr kuni Daniya termasi Shvetsiya, Sloveniya esa Ukraina terma jamoasi bilan o‘zaro bellashadi va turnirda qatnashuvchi yana 2 jamoa nomi aniq bo‘ladi.

Yevro-2016 saralashi
Javob o‘yini

Irlandiya – Bosniya va Gertsegovina 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 24, penalti Uolters, 2:0 – 70 Uolters.
Irlandiya – Rendolf, Klark, Kio, Koulmen, Makkarti, Breydi, Xulaxan (Makkleyn, 54), Xendrik, Uelan (O′Shi, 90), Uolters, Merfi (Long, 55).
Bosniya va Gertsegovina – Begovich, Vranesh, Kolashinats, Spaxich, Tsotsalich (Beshich, 46), Pyanich, Medunyanin (Djurich, 69), Vishcha, Lulich (Ibishevich, 80), Zukanovich, Djyeko.
Ogohlantirishlar: Spaxich (20), Lulich (23), Makkleyn (59), Long (83), Djyeko (90), Djurich (90)

Top