20:49 / 17.11.2015
5616

KUN.UZ dayjesti: 17 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 17 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Moskva hayvonot bog‘ida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi>>

Moskva hayvonot bog‘ida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi, deyiladi muassasaning rasmiy saytida chop etilgan xabarnomada.

Video: Saudiya Arabistonidagi g‘ayrioddiy qum daryosi>>

Saudiya Arabistonidagi Rub al-Xali cho‘li o‘rtasida daryoni eslatuvchi g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘lishdi. Quyidagi videoda xuddi daryo kabi oqayotgan do‘l donachalarini kaftiga olgan kishini ko‘rish mumkin.

G20 sammitida rossiyalik jurnalistlarning yo‘qolgan yuki Parijdan topildi>>

Antaliyada o‘tgan G20 sammitidan so‘ng, rossiyalik bir qancha jurnalistlarning yuki yo‘qolib qoldi. So‘ng ular Parijdan topildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” rossiyalik diplomatning ma'lumotiga asoslanib.

Toshkentliklar kamyob tabiat hodisasiga guvoh bo‘lishdi (Foto)>>

16 noyabr kuni Toshkent shahrida yashovchilar kam kuzatiladigan tabiat hodisasi guvohiga aylanishdi.

Amerikalik jarrohlar kuyib qolgan o‘t o‘chiruvchiga yangi yuz ko‘chirib o‘tkazishdi>>

Amerikalik jarrohlar inson yuzini ko‘chirib o‘tish jarrohlik amaliyotida rekord darajadagi murakkab opretsiyani amalga oshirishdi. 26 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti vaqtida 41 yoshli yong‘in o‘chiruvchi Patrik Xardison yuziga yangi yuz qo‘yish uchun rekord darajada to‘qima tushdi.

Qozog‘istonda olti farzandli beva qurilishi tugallanmagan binoda yashayotgani ma'lum bo‘ldi>>

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida istiqomat qiladigan Janiya Gabdusheva 2014 yilda turmush o‘rtog‘i yurak xuruji tufayli vafot etganidan so‘ng olti farzandini yolg‘iz, biror boshpanasi va yordamlarsiz tarbiyalashga majbur bo‘lib qoldi.

Maradona ozish uchun oshqozonini operatsiya qildirdi>>

Diyego Armando Maradona oshqozonida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shifoxonani tark etdi.

NYT: Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari transplantatsiya uchun qo‘llanadi>>

Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari ilgarigidek ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmoqda, vaholanki, sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining o‘tgan yilgi bayonotida bunday amaliyotdan voz kechilishini ta'kidlagan edi.

Metro: suriyalik qochqin Yevropaga kelish uchun buyragini sotishga majbur bo‘ldi>>

Suriyalik qochqin Yevropaga ko‘chib o‘tishga ketgan xarajatlarni qoplash uchun buyragini sotishga majbur bo‘ldi. Bu haqda serbiyalik gumanitar ishchining so‘zlariga tayangan holda Metro nashri xabar bermoqda.

Yevropadagi OAVlar xatolik tufayli kanadalik suratini Parij terakti ijrochilaridan biri surati sifatida tarqatishdi>>

Kanadalik Virender Jubbal xatolik tufayli Yevropaning yirik OAVlari o‘quvchilariga Parijdagi terakt ijrochilaridan biri sifatida tanishtirildi. Bunga uning selfilaridan biri fotomontaj qilinib, tvitter orqali tarqatilgani sabab bo‘lgan.

Inson va maymun miyalari orasidagi asosiy farq aytildi>>

Amerikalik olimlarning ishontirishicha, inson miyasini maymun miyasidan ajratib turuvchi muhim bir jihat bor. Bunda insonning eng yaqin qarindoshi hisoblanmish shimpanze miyasi nazarda tutilmoqda. 

“007: Spektr” filmining kassa yig‘imlari 500 mln dollardan ortdi>>

“007: Spektr” filmi AQSh prokatida ikki haftadan buyon yetakchilikni boy bermayapti. O‘tgan dam olish kunlari film 35.4 mln dollar ishladi.

Arnold Shvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida fil qoziq tishini portlatib yubordi>>

Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida fil qoziq tishini portlatib yubordi. Bu aks etgan rolik internetda paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Channel24 telekanali.

Apple Watch qurilmasining yangi avlodi 2016 yilning iyun oyida chiqishi ma'lum bo‘ldi>>

Apple kompaniyasining yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lmish Quanta bergan ma'lumotga ko‘ra, Apple Watch 2 “aqlli” soatlari ikkinchi chorak yakunida chiqariladi.

OAV: Messi soliq muammosi tufayli Ispaniyadan Angliyaga ketmoqchi va ko‘proq maosh olmoqchi>>

"Barselona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi. Bu haqda The Daily Star xabar tarqatgan.

Top