15:48 / 17.11.2015
3801

Metro: suriyalik qochqin Yevropaga kelish uchun buyragini sotishga majbur bo‘ldi

Suriyalik qochqin Yevropaga ko‘chib o‘tishga ketgan xarajatlarni qoplash uchun buyragini sotishga majbur bo‘ldi. Bu haqda serbiyalik gumanitar ishchining so‘zlariga tayangan holda Metro nashri xabar bermoqda.

Nashrning ma'lum qilishicha, organ Livanda o‘tkazilgan xavfli bir norasmiy muolaja chog‘ida olingan. Erkak 20 kun bu mamlakatda tegishli tibbiy yordamsiz qolgan, so‘ng uni Serbiyaning inson savdosiga qarshi kurash tashkiloti topib olgan.

“U yo‘lkira pulini ishlash uchun buyragini sotib yuborgan. Uning so‘zlariga qaraganda, og‘riq sezilgan, muammolari bo‘lgan, shu bois biz aralashib, unga tibbiy yordam taqdim etdik. Suhbat chog‘ida u bizga o‘z hikoyasini so‘zlab berdi”, - dedi gumanitar ishchi Naser Amro.
Shunga qaramay, u omon qolgan. Muhojirga davolanish taklif qilingan, lekin u og‘riqsizlantiruvchi qabul qilib, safarini davom ettirishni ma'qul ko‘rgan.

Top