23:07 / 17.11.2015
4894

Milliy kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida umumjamoa hisobida qashqadaryolik sportchilar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Qarshi shahrida 1996-1997 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. O‘smirlar o‘rtasida kechgan bahslarda Qashqadaryo viloyati vakillari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 360 nafarga yaqin sportchi kurash olib bordi.

O‘smirlar o‘rtasida 8 ta vazn toifasida kechgan kurashlarda barcha raqiblarini yenggan Qashqadaryo vakillari - Elzodbek Suyarov, Shahzod Rahimboyev, Ma'ruf Xidirov hamda Botir Xolyorov o‘z vazni bo‘yicha shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Bundan tashqari qashqadaryolik sportchilar bitta kumush va beshta bronza medali sohiblariga aylanishdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslar natijalariga ko‘ra Buxoro va Samarqand viloyati jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi.

Qizlar o‘rtasidagi bahslar 6 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. 63 kilogramm vazn toifasida navoiylik sportchi Gulchehra Boboniyozova birinchi, qashqadaryolik sportchi Gulchehra Boboniyozova ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Top