07:13 / 17.11.2015
3355

Misrda A321 samolyoti qulagan joydan 70 km uzoqlikda 24 jangari yo‘q qilindi

Misr xavfsizlik kuchlari xodimlari Markaziy Sinayda faoliyat yuritgan IShIDning bo‘limiga qarashli bo‘lgan 24 jangarini Rossiyaning A321 samolyoti qulagan joydan 70 km uzoqlikdagi joyda yo‘q qildilar, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Manbaning aytishicha, Misr qurolli kuchlari vakillari terrorchilar tog‘da g‘orlarga berkinmoqchi bo‘lganda ularga hujum qilishgan. Ta'kidlanishicha, yana 8 jangari yaralanib, qo‘lga olingan.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin A321 samolyoti falokati tergovi o‘z nihoyasiga yetishiga yaqin qolganini aytgandi.

Top