18:14 / 17.11.2015
4635

Moskva hayvonot bog‘ida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi

Moskva hayvonot bog‘ida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi, deyiladi muassasaning rasmiy saytida chop etilgan xabarnomada.

“Bizga qizil pandaning erkagi keldi. U bir yarim yoshda, Polshada tug‘ilgan, hozircha unga laqab qo‘yilmagan”, - deyiladi xabarnomada.

Endi u Zeyn laqabli urg‘ochi panda bilan birga “Tropik mushuklari” ekspozitsiyasida yashamoqda.

Yangi jonivor hozircha Zeyndan biroz cho‘chimoqda. Qarovchilarga ham ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lmoqda. Zeyn esa allaqachon odamlarga ko‘nikkan bo‘lib, o‘ziga teginishga ruxsat beradi.

Qizil panda Xalqaro Qizil kitobga “xavf-xatarga duchor” maqomida kiritilgan.

Top