20:47 / 17.11.2015
12010

Obama va Putinning suhbatini tinglamoqchi bo‘lishgani aks etgan video paydo bo‘ldi

Antalyada o‘tayotgan G20 sammitida AQSh va Rossiya prezidentlari Barak Obama va Vladimir Putin o‘rtasidagi suhbatni voqea joyida bo‘lganlardan biri eshitmoqchi bo‘ldi. Nomi aytilmagan tashkilotning akkreditatsiyadan o‘tgan vakili hech narsadan xabari bo‘lmagan prezidentlar faqatgina qo‘riqlash xizmati va tarjimonlar oldidagina suhbatlashayotgan paytlarida bildirmasdan ular yoniga yaqinlashmoqchi bo‘lgan.

Ushbu sammitdagi Putin va Obamaning suhbati ko‘pchilik uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Prezidentlar uchrashib, tarjimonlar orqali suhbat o‘tkazishdi. Biroq yopiq matbuot tartibida o‘tayotgan uchrashuv uzilib qolishiga ozgina qoldi, chunki ularning suhbatini voqea joyida bo‘lganlardan biri tinglamoqchi bo‘ldi.

Shubhali erkak telekameralar obektiga tushdi. Videorolik Russia Today’ning Youtube’dagi kanalida chop etildi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilarda bu odamning suhbatlashayotgan prezidentlar yoniga yaqinlashmoqchi bo‘lishga urinishlari tabassum uyg‘otdi. Bu erkak telekameralarga yuzi bilan burilib, prezidentlar yoniga orqasi bilan kelishga harakat qildi.

Bir necha soniyadan keyin josusni voqea joyida bo‘lganlardan biri o‘ziga qaratmoqchi bo‘ldi. Biroq josus suhbatlashayotan prezidentlardan uzoqlashishni istamagan va suhbatni eshitishga umidini so‘ndirmagan.

Ikki prezident o‘rtasidagi suhbat 20 daqiqaga yaqin davom etdi. Prezidentlar kursilarga bir-birlariga qarama-qarshi o‘tirgancha, matbuot uchun yopiq bo‘lgan tartibda birga-bir gaplashishgan. Ular nima haqida gaplashishgani noma'lumligicha qolmoqda. Bunda siyosatchilar tarjimon xizmatidan foydalandilar.

Bundan avvalroq Putin va Obama “Katta yigirmatalik” sammiti fotos'yomkasi tadbirida bir-birlariga luqma tashlab qo‘yishgan. Bundan tashqari, ular qo‘l siqishib ko‘rishganlar.

Top