O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Italiya respublikasining "Italiya yulduzi" davlat ordeni bilan mukofotlandi. Orden Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifi bilan taqdim etildi. Bu haqda shoir Muhammad Ismoil o‘z Facebook sahifasida ma'lum qildi.
Ma'lumot uchun, ushbu orden Italiya hamda xorij fuqarolariga Italiya va boshqa mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni rivojlantirgan shaxslarga topshiriladi.