15:30 / 17.11.2015
6432

Parkent tumanidagi "Sumcha" dam olish maskani rekonstruksiyasi uchun 1 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi

Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi «Sumcha» dam olish maskani infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Ayni paytga kelib bu maskanda ikkita korpus, ovqatlanish binosi va suzish havzasini o‘z ichiga olgan 220 o‘rinli mehmonxona majmuasi rekonstruksiya qilindi. Korpuslar yangi jihozlar bilan ta'minlandi.

"O‘zbekturizm" milliy kompaniyasi xabariga ko‘ra, bu ishlar 2013—2015 yillarda sayyohlik sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.

Loyihani amalga oshirish davomida 20ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Bugungi kunda alohida kottejlarda qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.

Top