12:38 / 17.11.2015
2842

Pentagon rahbari IShID targ‘ibotiga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda nazorat o‘rnatishni taklif qilmoqda

AQSh mudofaa mahkamasi rahbari Eshton Karter IShID targ‘ibotiga qarshi kurash uchun ijtimoiy tarmoqlarda nazorat o‘rnatish zarurligini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Karterning oydinlik kiritishicha, mamlakatlarni himoya qilish uchun erkin internet tamoyillariga qarshi kelmaydigan, biroq fuqarolarni muhofaza eta oladigan yo‘lni topish lozim.

Xabarlarga ko‘ra, ayni paytda Milliy xavfsizlik agentligi terrorizmga aloqadorlikda gumon qilinayotgan amerikaliklar qo‘ng‘iroqlarini hisoblashga harakat qilmoqda.

Top