06:57 / 17.11.2015
14955

Putin: bizga zarbalar berish mumkinmas bo‘lgan hududlarni berishga qo‘rqishmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, G20 sammiti doirasida Rossiya harbiy-koinot kuchlarining Suriyadagi faoliyati deyarli tanqid qilinmadi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

“Umuman olganda bunday tanqid yangramadi va bizni tanqid qilishga asos ham yo‘q. Bizga siz boshqa yerga uryapsiz deganlarida, unda bizga to‘g‘ri nishonlarni bering, demoqdamiz. Biroq bizga bu nishonlarni berishmayapti. Biz boshqa joyga urmoqdamiz? Unda ayting, qayerga zarba berish mumkin emas. Uni ham berishmayapti. Qanday qilib bizni tanqid qilib bo‘ladi?”, deb aytdi Putin sammit natijalariga ko‘ra. 

Putin, shuningdek, bunga sabab sifatida Rossiya hammani “laqillatishidan” qo‘rquv borligi, shuning uchun unga “zarbalar berish mumkin bo‘lmagan hududlarni berishdan qo‘rqishayotganini” aytdi.

Top