16:33 / 17.11.2015
6427

Qozog‘istonda olti farzandli beva qurilishi tugallanmagan binoda yashayotgani ma'lum bo‘ldi

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida istiqomat qiladigan Janiya Gabdusheva 2014 yilda turmush o‘rtog‘i yurak xuruji tufayli vafot etganidan so‘ng olti farzandini yolg‘iz, biror boshpanasi va yordamlarsiz tarbiyalashga majbur bo‘lib qoldi. Uning katta qizi 11 yoshda bo‘lsa, kichigi besh oylik, deya xabar bermoqda 101TV.KZ jamoatchilik internet-televideniyesi.

Vaqtinchalik yashash joyi bo‘lmagan Janiya oilasidigi vaziyat qanchalik og‘ir bo‘lmasin, uning farzandlari maktabda a'lo baholarga o‘qiyotgani xabar qilindi. Qurilishi tugallanmagan binodan yashash uchun sharoit yaratib olgan Janiyaning uyida farzandlarining faxriy yorliq va sportda erishgan medallari ko‘zga ko‘rinarli joyga ilib qo‘yilgan.

Xabarda keltirilishicha, Janiya Gabdusheva ko‘plab amaldorlarga yordam so‘rab murojaat qilgan. Biroq uning murojaati javobsiz qolmoqda. Davlat tomondan to‘lanayotgan ijtimoiy nafaqalar ham olti farzandni voyaga yetkazishda kamlik qilishi aytib o‘tilgan.

Shu munosabat bilan internet-telekanalining tasvirga olish guruhi Qarag‘anda hokimiyati va boshqa mansabdor shaxslar bilan bog‘langan, ular bir yil ichida Janiya oilasi uchun turar-joy ijaraga olish uchun homiylar jalb qilishga va'da berishgan.

Top