22:06 / 17.11.2015
7159

Reuters: Rossiya Rakkaga raketalar bilan zarba berishdan avval AQShni ogohlantirgan

Rossiya Suriyaga qanotli raketalar bilan “ancha katta miqdorda” zarba berishdan avval AQShni ogohlantirgan, deb xabar bermoqda AQSh Mudofaa vazirligi vakiliga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

“Ruslar zarbalar berishdan avval Qatardagi harbiy-havo operatsiyalarining birlashgan markazi orqali bizni ogohlantirdilar”, deb aytdi manba hamda Vashington va Moskva o‘rtasida o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish imkoniyati borligini istisno qildi.

Avvalroq Le Monde nashri Rossiya o‘zining O‘rta Yer dengizidagi kemalaridan Rakkaga qanotli raketalar bilan zarba bergani ma'lum qilgandi.

Top