17:56 / 17.11.2015
3609

Toshkentda Kichik grantlar dasturi muhokama qilindi

2015 yil 16 noyabr kuni Toshkentdagi Grand Mir Hotel mehmonxonasida Global ekologik jamg‘armaning Kichik grantlar dasturiga oid mamlakatlarga bo‘yicha dasturiy strategiyasi holatlari muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Undu dasturning O‘zbekistonda 6-operatsion bosqichdagi ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.

Davra suhbatida xalqaro va jamoat tashkilotlari, O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, boshqa tegishli vazirlik va idoralar, ilmiy davralar va xususiy sektor vakillari to‘planishdi.
Tadbir Ekosan hamda jamg‘armaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.

Joriy yilning iyulida dastur doirasida NNTlar o‘rtasida 6-operatsion bosqich uchun dasturning milliy strategiyasi bo‘yicha tanlov e'lon qilgan edi. Tanlov yakunlariga ko‘ra strategiyani ishlab chiqish huquqini “Ekosan” xalqaro jamoat fondi qo‘lga kiritdi.
Loyihaning milliy maslahatchisi o‘tkazgan taqdimotda ta'kidlanishicha, dasturning ilgarigi faoliyati tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligiga aloqador loyihalar eng talabchan va dolzarb ekanligi aniqlandi.

Bu sektorda keng miqyosli o‘zgarishlarni amalga oshirish galdagi muhim vazifalardan biri bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonda Kichik grantlar dasturi 2008 yildan ishga tushirilgan edi. Shu davr mobaynida uning doirasida 2 316 126 dollarlik jami 78 loyiha amalga oshirildi. Bundan tashqari, jamg‘arma 4 mln dollar miqdoridagi qo‘shimcha moliyalashtirishni boshqa manbalardan jalb qildi.

Top