17:01 / 18.11.2015
2833

2 nafar gollandiyalik tibbiyot xodimlari qiyofasida 1,6 mlrd funtlik narkotik tashiyotganida qo‘lga tushdi

Tez tibbiy yordam uchun ishlatiladigan mashina ko‘rinishidagi soxta avtomobil yordamida ikki nafar gollandiyalik Buyuk Britaniya hududiga 1,6 mlrd funtlik geroin va kokain moddalarini olib kirmoqchi bo‘lgan, deya xabar bermoqda The Guardian.

Birmingem sudi bergan ma'lumotga ko‘ra, jinoyatchilar tibbiyot xodimlari kiyimida bo‘lgan. Hattoki barchasi ishonchli chiqishi uchun ular soxta bemordan ham foydalanishgan. Qayd qilinishicha, bu ikki jinoyatchi mamlakat hududiga katta miqdorda giyohvand moddalarni olib kirishga uringan uyushgan jinoyat guruhi vakillaridan bo‘lishgan.

Gollandiyaliklar qo‘lga olinganidan keyin mashina tekshirilganda uning tom qismidan 38 mln yevrolik giyohvand moddalar topilgan. Avtomobilning orqa qismidan A klassdagi narkotik moddalar borligi aniqlangan. Harbiylar shuningdek 60 mingta tabletkalarni qo‘lga kiritishgan.

Sudda prokuror tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, mazkur soxta mashina yordamida jinoyatchilar bir yildan ortiqroq vaqt mobaynida tashriflarni amalga oshirib kelishgan. So‘nggi 14 oy ichida narkotik sotuvchilar 45 marotaba Britaniya hududiga yuk olib o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan.

Jinoyatchilardan biri o‘z aybini tan olishni istamayapti va mashina bortida giyohvand moddalar borligini bilmasligini ta'kidlamoqda.

Top