AQSh va RF terror ustidan g'alaba qozonish uchun o'z harakatlarini birlashtirishi lozim. Bu haqda AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Deniyel Rozenblum Ashxoboddagi elchixonada tashkil qilingan brifingda aytib o'tdi.

RIA Novosti muxbirining Fransiyadagi teraktlar borasidagi savoliga javob berarkan, diplomat Suriya masalasida AQSh va Rossiya o'rtasida doimiy muloqot ketayotganini, bunda AQSh davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovlar faollik ko'rsatayotganini ta`kidlab o'tdi.

Rozenblumning ishontirishicha, Vashington terrorchilikka qarshi kurash masalasida Rossiya va AQSh umumiy manfaatlarga ega ekanligini aytib kelmoqda, bu borada mamlakatlar fikrlari bir-biriga mos keladi.