21:52 / 18.11.2015
4061

Avstriyalik o‘smirga IShID jangarilarini maqtagani uchun qamoq jazosi tayinlandi

Avstriyada 17 yoshli o‘smir IShID terrorchilari amalga oshirayotgan jangariliklarni maqtagani uchun shartli ravishda qamoq jazosiga tayinlandi, deb xabar bermoqda TheLocal.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u hayoti zerikarli va mazmunsiz bo‘lib qolgani bois Islom dinini qabul qilgan. So‘ngra IShID terrorchilari tomonidan amalga oshirilgan teraktlarga qiziqib qoladi va ularning ishini feysbukdagi o‘z sahifasida maqtaydi.

Sud jarayoni sudlanuvchining yoshini inobatga olib, yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.
O‘smir 18 oylik shartli qamoq jazosini oldi. Hukm yakuniy bo‘lmay, shikoyatlar kiritish imkoniyati yaratildi.

Top