17:53 / 18.11.2015
4846

Barbie reklamasida birinchi marta o‘g‘il bola suratga tushdi

Mattel kompaniyasining Barbie qo‘g‘irchoqlari reklamasida ilk marotaba o‘g‘il bola tasvirga tushdi, deya xabar bermoqda Mashable.

Nashrning qayd etishicha, kampaniya qahramoni mazkur o‘yinchoqqa bo‘lgan muhabbatini “ochiq entuziazm” bilan ifoda etadi. Ikki qizaloq bilan u Moschino Barbie – Mattel kompaniyasi va Italiyaning Moschino moda uyi hamkorligida ishlab chiqilgan turkum o‘yinchoqlarni reklama qiladi.

Moschino Barbie o‘yinchoqlari o‘tgan haftada cheklangan miqdorda sotuvga chiqdi. Har bir qo‘g‘irchoqning narxi 150 dollarni tashkil etdi. Shunday bo‘lsa-da chiqarilgan adad sotib bo‘lindi.

Reklamaning o‘zi esa 30 oktabrda YouTube saytida e'lon qilinganiga qaramasdan, so‘nggi bir necha kundagina OAV e'tiboriga tushdi.

Avvalroq 2015 yilda Moschino`ning kreativ direktori Jyeremi Skott Barbi qo‘g‘irchoqlari uchun mo‘ljallangan yozgi va qishki liboslar turkumini ishlab chiqqan edi.

Top