19:37 / 18.11.2015
2820

Britaniya Fransiyaning O‘rta yer dengizidagi IShIDga qarshi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

Buyuk Britaniya Fransiyaning IShIDga qarshi operatsiya o‘tkazish bo‘yicha sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun harbiy kema yuboradi va Parijning qo‘llab-quvvatlash haqidagi istalgan so‘rovini ko‘rib chiqadi, deb ma'lum qildi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon.

Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasi 17 noyabrda Tulondan chiqib, IShIDga qarshi qurolli operatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘rta Yer dengiziga yo‘l oldi.

Fellonning aytishicha, Buyuk Britaniya harbiy-dengiz kuchlarining HMS Defender kemasi IShIDga qarshi operatsiyalar o‘tkazilishi vaqtida fransuz kemasiga yordam beradi.

“Biz o‘zimizning razvedkamizni o‘tkazishni va IShIDga qarshi zarbalar berishni davom ettirmoqdamiz. IShID Buyuk Britaniya, Fransiya va butun Yevropa xavfsizligiga tahdid soladi”, deb ta'kidladi Fellon.

Top