22:48 / 18.11.2015
3804

Fiziklar grafen ishlab chiqarishni 100 marta arzonlashtirish yo‘lini o‘ylab topdilar

Glazgo universiteti fiziklari grafen ishlab chiqarishni taxminan 100 marta arzonlashtirishga imkon beruvchi usulni ishlab chiqishdi. Kelib chiqishi rossiyalik Andrey Geym va Konstantin Novoselov tomonidan yaratilgan grafen o‘zida qalinligi bir atomni tashkil qiluvchi uglerod atomlari plyonkasini aks ettiradi. Bu grafen juda egiluvchanligi, mustahkamligi, issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi bilan ajralib turadi. Grafen olinishining asosiy uslublaridan biri gaz muhitida kimyoviy cho‘ktirish hisoblanadi.

Bu usulda grafen mis qatlamga cho‘kadi. Mis qatlam dastlabki ishlovni talab qiladi, bu esa jarayonning anchagina qimmatlashishiga olib keladi. Scientific Reports jurnalida chop etilgan maqolada olimlar mis plastinalarning arzon turlaridan sanoatda keng qo‘llanuvchi grafenning katta bo‘laklarini yaratish mumkin, deyishgan. Misol uchun, grafenni litiyli akkumulyatorlarda manfiy elektrod sifatida ishlatish mumkin.

“Biz ishlatayotgan bozordagi mavjud mis bir kvadrat metri taxminan 1 dollardan sotiladi, grafen olishdagi mis esa odatda 115 dollardan olinadi. Qimmatroq mis qo‘pincha ishlatilishidan oldin qayta ishlovni talab qiladi, bu esa jarayonni yanada qimmatroq qiladi ”. deb aytdilar olimlar.

Top