14:32 / 18.11.2015
4615

FVV: 17 kuni Toshkentda sezilgan zilzila kuchi 2,5-3 ballga teng bo‘lgan

17 noyabr kuni qo‘shni davlat Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila Toshkent shahrida akslandi. Bu zilzila markazi Qirg‘izistonda bo‘lib, zilzila o‘chog‘i Toshkent shahridan 306 km sharqda joylashgani ma'lum qilindi.

«Toshkent» seysmologiya stansiyasi bergan so‘nggi ma'lumotga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan 22:29 da Qirg‘izistonning Jalolobod shahri yaqinida sodir bo‘lgan. U yerda zilzila kuchi 5,7 magnitudaga teng bo‘lgan. Toshkentda esa Rixter shkalasi bo‘yicha 2,5—3 balli yer silkinishi qayd etilgan.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, shu kuni Andijonda 4 balli, Farg‘ona va Namanganda 3 balli zilzila kuzatilgan. Sirdaryo viloyatida sezilgan zilzila kuchi esa 2 ballni tashkil etgan.

Top