16:59 / 18.11.2015
3741

Independent: Fransiya va Belgiyadagi muhojirlarning farzandlari yotsirashni boshdan kechirmoqda

Fransiya va Belgiyadagi muhojirlarning farzandlari boshqa mamlakatlardagi muhojirlarning bolalariga qaraganda ko‘proq o‘zlarini Yevropa jamiyatidan begonasirashmoqda, deya yozmoqda The Independent nashri Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) o‘tkazgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada birinchi avlod muhojirlari farzandlarining faqatgina 43,1 foizi jamiyatga yaqinroq his etmoqda, jumladan, ular o‘zlari tahsil olayotgan maktablarda erkinroq tutishmoqda. Belgiyada esa bu ko‘rsatkich 59,8 foizni tashkil etayapti.

Maqola mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, aynan o‘sha dalil Fransiya va Belgiyada yashayotgan ko‘plab yoshlar moslashishdan qochayotganini anglatmoqda. Bu esa ularning IShID odam yollovchilarining changaliga osongina ilinishiga olib kelishi mumkin, deya ta'kidlamoqda nashr.

“Belgiya va Fransiya ta'lim tizimi juda standartlashgan. Har bir o‘quvchi bilan uning boshqalardan qanday ajralib turishidan qat'i nazar, bir xilda muloqot qilinadi, - deydi OECDning ta'lim masalalari bo‘yicha boshqarmasi rahbari Andreas Shleyxer.

– Bu faqatgina muhojirlar emas, balki kambag‘al oilalar farzandlariga ham ta'sir ko‘rsatadi. Mazkur tizim boshqa mamlakatlarnikidan ajralib turadi, masalan, Kanada ta'lim dasturi o‘quvchining kelib chiqishi hisobga olinadi, o‘qituvchilarning ko‘pchiligi esa muhojir sanaladi. Britaniya ham ijobiy misollardan hisoblanadi”, - deya qo‘shimcha qildi Shleyxer.

Top