17:42 / 18.11.2015
3482

Livan TIV: Bayrut terrorchilikka qarshi kurashda Rossiya yordamidan foydalanishi mumkin

Livan tashqi ishlar vaziri Jyebran Basilning qayd etishicha, Bayrutda terrorchilikka qarshi kurashishda Rossiyadan yordam olinishi mumkinligini inkor qilmadi, deya xabar bermoqda TASS.

«Men bu yerda hamma Rossiya va Livan uchun suveren qaror ekanligini anglab turibmiz. Livan Rossiyadan bu borada yordam ham olishi mumkin», — deya ta'kidladi Basil Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar yakunida.

O‘z navbatida Lavrov hozircha bunday murojaat bo‘lmaganini ta'kidlab o‘tdi.

«Bunday murojaat bo‘lgani yo‘q, shunday ekan hozir hech narsa ko‘rib chiqilmaydi. Livan o‘zining xavfsizligi yo‘lida eng maqbul yo‘lni tanlashi uchun to‘la haqli», — deya ta'kidladi Lavrov.

Shuningdek Lavrovning ta'kidlashicha, Rossiya va Livan terrorchilik tahdidlarini bartaraf qilish bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini muvofiq tarzda olib borishi lozim.

Top