18:22 / 18.11.2015
3960

Parij teraktida qurbon bo‘lganlarning barchasining shaxsi aniqlandi

Fransiya hukumati Parij teraktida halok bo‘lganlarning barchasi shaxsi aniqlangani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Foresight News nashri muxbiri o‘z tvitteri orqali xabar bergan.

"Ayni vaqtga kelib, terakt natijasida halok bo‘lgan 129 kishining shaxsi tasdiqlandi. Shu haftaning oxirigacha marhumlarning jasadlari qarindoshlariga dafn etish uchun beriladi", deb yozilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parij shahrida IShID a'zolari tomonidan uyushtirilgan davomli teraktlar natijasida, porlashlar va otishmalar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan.

Top