14:45 / 18.11.2015
2290

Parijda o‘tkazilgan aksilterror amaliyoti davomida qo‘lga olinganlar soni 5 nafar bo‘ldi

Ayni vaqtga kelib, Parij shahri shimolidagi Sen-Deni tumanida olib borilayotgan maxsus aksilterror amaliyot davomida qo‘lga olinganlar soni 5 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Le Figaro nashri xabar tarqatgan.

Bundan oldingi xabarlarda Sen-Deni tumanidagi kvartiralardan birida yashiringan, Parij teraktlariga aloqadorlikda gumon qilingan 3 kishi qo‘lga olingani aytilgandi.

Biroz o‘tib, boshqa bir binoda bir ayol va bir erkak terrorchilarga aloqasi borligi gumon qilinib, hibsga olingan.

Bundan oldinroq, tumanda yana terrorchilar borligi haqida xabar berilgandi. Ularni qo‘lga olish operatsiyasi 3 soat davom etgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr oqshomida Parijda sodir etilgan davomli teraktlar tufayli 129 kishi halok bo‘lgan, 352 kishi jarohatlangan. Shifoxonadagilarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top