17:15 / 18.11.2015
6256

Pike va Shakira tovlamachilik nishoniga aylanishdi

Fransiyalik yarim himoyachi Mate Valbuena bilan bog‘liq mojarolar yakuniga yetib ulgurmay, "Barselona" klubi himoyachisi Jyerar Pike ham "shantaj" qurboniga aylanmoqda.

Pike va uning mahbubasi, qo‘shiqchi Shakiraga oid behayo ko‘rinishga ega videoyozuv borligini sha'ma qilib, ularga sobiq ishchisi tahdid solmoqda. Bu haqda 90min.com nashri xabar qilgan.

Juftlikning o‘zi esa bu xabarlarga munosabat bildirmagan.

Agar tovlamachi qo‘lga olinsa va uning aybi isbotlansa, unga nisbatan 5 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Top