07:05 / 18.11.2015
3633

Putin va Olland IShIDga qarshi harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishib oldilar

Rossiya va Fransiya prezidentlari Vladimir Putin va Fransua Olland IShID jangarilariga qarshi kurashda ikki davlat mudofaa vazirliklari va maxsus xizmatlari o‘rtasida harakatlarni muvofiqlashtirishni ta'minlashga kelishib oldilar, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.  

Ikki davlat yetakchilari telefon orqali suhbatda ushbu masala bo‘yicha kelishuvga keldilar.

“Prezidentlar xalqaro terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni oshirishga alohida e'tibor qaratdilar. Xususan, Rossiya va Fransiya tomonidan Suriyada terrorchilik tuzilmalariga qarshi operatsiyalar o‘tkazish davomida ikki davlat mudofaa vazirliklari va maxsus xizmatlari o‘rtasida harakatlarni muvofiqlashtirish va yaqindan aloqa qilishni ta'minlashga kelishildi”, deyilmoqda xabarda.

Avvalroq Vladimir Putin Fransiya harbiy-dengiz kuchlari bilan Suriyada dengizda va havoda birgalikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqishni buyurgan edi. Putin, shuningdek, rossiyalik harbiylar Suriya sohillariga aviatashuvchi kemalarda yaqinlashgan fransiyalik hamkasblari bilan ittifoqchilar bilan ishlagandek ishlashlari kerakligini ta'kidlab o‘tdi.   

Top