07:26 / 18.11.2015
2668

Qirg‘iziston elektr energiyani import qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Qirg‘iziston hukumati elektr energiyani import qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda 17 noyabrda Qirg‘izistonning yonilg‘i-energetika majmuasi va tabiiy resurslardan foydalanish bo‘yicha parlament qo‘mitasi yig‘ilishida energetika sohasini nazorat qiluvchi Qirg‘iziston iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari Nurlan Sodiqov ma'lum qildi.     

Sodiqovning aytishicha, hozircha hech kim bilan muzokaralar olib borilmayapti. Shuningdek, yetkazib beriladigan elektr energiya hajmi ham noma'lum. “Barchasi suv omborlaridagi suv sathi darajasi va iste'mol hajmlariga bog‘liq bo‘ladi”, deb aytdi Sodiqov.

Top