13:53 / 18.11.2015
3482

Qozog‘istonda nazorat kuchaytirilib, politsiya miqdori oshirilmoqda

Parijda sodir etilgan teraktlardan so‘ng, dunyoning ko‘pchilik davlatlarida bo‘lganidek, Qozog‘istonda ham xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda. Bu haqda KTK telekanali xabar bermoqda.

Jumladan, respublikaning barcha aeroportlarida yo‘lovchilar, kuzatuvchilar va bort kuzatuvchilari to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladigan bo‘ldi. Olmaota aeroportida navbatchi politsiyachilar miqdoir 4 barobarga ko‘paytirildi, shuningdek, portlovchi moddalarni topa oladigan it xizmatga jalb qilindi. Oqtovda oyoq kiyimini skanerdan o‘tkazadigan maxsus mashina ishga tushirildi.

Xavfsizlik choralari Olmaota metrosida ham kuchaytirildi. “Metropoliten” korxonasi direktori Oydin O‘rozxonovning so‘zlariga qaraganda, metro bekatlarida yuklarni skanerdan o‘tkazuvchi rentgen va televizion qurilmalar, portlovchi moddalarni fosh etib bera oladigan “Tayfun” portativ uskunalari o‘rnatilmoqda.

Bu qurilmalarni xarid qilishga 150 mln tanga sarflandi. Ayni paytda metroning 9 bekatida bunday qurilmalar ishlab turibdi.

Top