15:23 / 18.11.2015
2986

Sharp kompaniyasi xodimlardan o‘z mahsulotlarini sotib olishni talab qilmoqda

Elektronika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Sharp kompaniyasi moliyaviy holatini yaxshilab olish maqsadida o‘z xodimlaridan korxona mahsulotlarini sotib olishni talab qilmoqda.

RIA «Novosti» nashrining yozishicha, kompaniya yuqori lavozimlarida ishlovchilar o‘z mahsulotlari uchun 200 ming iyen (taxminan 1660 dollar), o‘rtacha boshqarma lavozimidagilar —100 ming iyenga (taxminan 800 dollar), oddiy ishchilar esa 50 ming iyendan (taxminan 400 dollar) kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ sarflashi kerak bo‘ladi. Sotib olish uchun qo‘yilgan mahsulotlar safiga kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan qattiq kristalli televizor, muzlatkich, konditsioner va bor maishiy elektrotexnika vositalar kiritilgan.

Xodimlar o‘z mahsulotlarini sotib olishini osonlashtirish uchun maxsus sayt ham yaratilgan. Shuningdek, xarid summasining 2 foizi xaridorga qaytarib berilmoqda.

Qayd qilinishicha, mazkur aksiya juma kunidan boshlab 2016 yilning 29 yanvariga qadar davom ettiriladi. Juda ko‘pchilik xodimlar mazkur talabni bajarishga allaqachon rozilik bildirishgan.

Mazkur e'lon berilgan xodimlarga «Kompaniya juda qiyin vaziyatda. Sizda bu vaziyatda hamkorlik sifatida ko‘mak berishingiz so‘raladi», deya murojaat qilingan.

Yaponiyadagi Sharp kompaniyasida hozirgi kunda 17 mingdan ortiq odam faoliyat yuritib kelmoqda.

Sharp — hech qachon televizor, katta va kichik hajmdagi displey va turdagi elektronika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalardek yirik korxona bo‘la olmagan. Hozirda davom etayotgan inqiroz kompaniyaning juda murakkab ahvolga tushib qolishiga sabab bo‘lgan.

Top