11:31 / 18.11.2015
14022

Shohjahon Jo‘rayev 80- yillar xitini yangicha talqinda ijro etdi

O‘tgan asrning 80- yillarida xitga aylangan taronalardan biri – “Chekka bir qishloq” qo‘shig‘i Shohjahon Jo‘rayev tomonidan yangicha talqinda ijro etildi. Mazkur taronaning she'ri va musiqasi Halimjon Jo‘rayevga tegishli.

Qo‘shiq mahorat bilan ijro etilganidan so‘ng unga taniqli klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan klip suratga olindi. Klip stsenayriysi hayotiy voqealarga asoslangan. Shu bois unda Shohjahon Jo‘rayev o‘z jamoasi bilan birgalikda suratga tushdi. Tasvirga olish ishlari esa Parkent tumanining so‘lim So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Xonanda prodyuseri Shuhrat Usmonovning Kun.uz saytiga ma'lum qilishicha, ayni paytda Shohjahon Jo‘rayev qizg‘in ijod bilan mashg‘ul. Deyarli har kuni studiyada yangi taronalar ustida ish olib bormoqda. Shu bilan birga, 2016 yilning birinchi yarmida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan jonli ijrodagi konsert dasturiga tayyorgarlik ishlar ham boshlab yuborilgan.

Top