02:05 / 18.11.2015
3705

Turkiya prezidenti mamlakat bosh vaziriga yangi hukumat tuzishga ko‘rsatma berdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on mamlakat bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘liga yangi hukumat shakllantirishiga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Uch hafta oldin mamlakatda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Dovudo‘g‘li yetakchilik qilayotgan “Adolat va taraqqiyot” partiyasi g‘olib chiqqan edi.

Bosh vazir vazirlar nomini 18—19 noyabr kunlari ma'lum qilishi rejalashtirilgan. Agentlikning ma'lum qilishicha, ularning ko‘pchiligi prezidentga xayrixoh insonlar bo‘ladi.

Top