09:34 / 18.11.2015
4628

Turkiyalik muxlislar Gretsiyaga qarshi o‘yin arafasida 1 daqiqalik sukut o‘rniga hushtakbozlik qilishdi

UYeFA homiyligidagi o‘yinlarda Parij terakti qurbonlari xotirasiga hurmat sifatida 1 daqiqalik sukut saqlanishiga kelishib olingandi.

17 noyabr kuni Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi arafasida esa muxlislar bu kelishuvga amal qilishmadi.

Maydondagi futbolchilar 1 daqiqalik sukut saqlab, yelkama-yelka turishgan vaqtda tribunadagi muxlislar "Allohu Akbar" so‘zlarini takrorlab turishdi.

O‘yin 0:0 hisobida yakunlangan.

Top