12:53 / 18.11.2015
2560

Xitoy Eron-Armaniston temir yo‘lini qurishi mumkin

XXRning Armanistondagi elchisi Tyan Erlun jurnalist bilan suhbat chog‘ida Xitoy Eron-Armaniston temir yo‘li qurilishida ishtirok etishi mumkinligini, ammo investitsiyalar hamda muddatlar borasidagi aniq tafsilotlar dasturning texnik-iqtisodiy asosi bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlardan keyingina ma'lum bo‘lishini ta'kidlab o‘tdi.

Iran.ru saytining xabar berishicha, bu haqda elchi Buyuk Ipak yo‘li iqtisodiy kamarini yaratish tashabbusi doirasida o‘tkazilgan Xitoy-Armaniston hamkorligi seminari chog‘ida xabar qildi.
Bugungi kunda Xitoyning 2 kompaniyasi ushbu temir yo‘l loyihasini amalga oshirish o‘zini oqlash-oqlamasligi borasida tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

Eron-Armaniston temir yo‘li loyihasi ko‘p yillardan buyon muhokama qilinmoqda. Ayni paytda bu loyiha realizatsiyasiga Armanistonda moliyaviy imkoniyatlarning yo‘qligi to‘siq bo‘lmoqda, negaki Eron yo‘lning faqat o‘ziga tegishli uchastkasiga mablag‘ sarflashga tayyorligini aytdi. Armaniston hududidan o‘tadigan temir yo‘l uchastkasi narxi 3 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin. Bu pullarni Yerevan XXRdan olishni rejalashtirmoqda.

Top