10:10 / 19.11.2015
2664

“Utro s Yuliyey Vysotskoy” ko‘rsatuvi chog‘ida reklamaning balandligi tufayli ish qo‘zg‘atildi

Rossiya Federal aksilmonopol xizmati NTV telekanaliga nisbatan efirda translyatsiya qilinayotgan reklama balandligi darajasining oshirilishi munosabati bilan ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda idoraning rasmiy saytida xabar qilindi.

Xabarnomada aytilishicha, “Utro s Yuliyey Vysotskoy” ko‘rsatuvi chog‘ida reklamaning balandligi belgilangan me'yorlardan oshib ketgan. Bu esa “Reklama va anonslar to‘g‘risida”gi federal qonun normalariga muvofiq kelmaydi.

Qonunga muvofiq, reklama balandligi darajasi 1.5 dB qilib belgilab berilgan.
Ish 2015 yil 11 dekabrida ko‘rib chiqiladi.

Top