14:37 / 19.11.2015
3170

Boliviyalik futbolchi chaqmoq urishi tufayli halok bo‘ldi

Boliviya chempionatidagi o‘yinlardan biri vaqtida chaqmoq urishi tufayli futbolchi halok bo‘ldi.

Le Figaro nashrining tarqatgan xabariga ko‘ra, Vilyason shahridagi stadionda kechgan o‘yin vaqtida chaqmoq chaqqan va maydondagi futbolchilardan biri chaqmoq zarbasini o‘ziga qabul qilgan. Natijada u voqea joyida jon bergan. Shuningdek, maydonda bo‘lganlardan yana 8 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olishgan.

Top