16:09 / 19.11.2015
3500

Bugun, 19 noyabrda Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni nishonlanmoqda

Har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida dunyoning barcha davlatlarida Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Joriy yilda bu sana 19 noyabrga to‘g‘ri keldi.
Shifokorlar o‘z mijozlariga hech bo‘lmasa bir kunga chekishdan voz kechishni taklif qilishadi. Bu aynan o‘sha kundir.

Shu bilan birga, statistikaga ko‘ra, bir martadan chekishni tashlashni faqat besh kishidan bir nafari uddalay oladi.
Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda, chekish o‘limga sabab bo‘luvchi ikkinchi katta omildir. Oldini olsa bo‘ladigan sabablar ichida esa u birinchi o‘rinni egallaydi.

Shu bilan birga, passiv yoki nofaol chekish (chekuvchining oldida turib, ikkilamchi tutunni yutish) sog‘liqqa yanada jiddiyroq ziyon yetkazadi.
Ushbu kunda tamaki mahsulotlari iste'mol qiluvchilarni chekishni tashlashga, chekmaydiganlarni esa sigaretadan uzoq yurishga chaqirib qolamiz.

Top