07:29 / 19.11.2015
2538

Bush AQShning Iroqdagi harbiylari sonini oshirishga chaqirdi

AQSh prezidentligi uchun respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Jyeb Bush Iroqqa yanada ko‘proq askar jo‘natishni taklif qildi.

"Havo zarbalarini berish yaxshi, lekin bundanda samaraliroq harakat qilish kerak", degan u.

Uning firkricha, "AQSh NATO hamda ko‘plab arab davlatlari bilan kuchlarni birlashtirib, Iroqdagi harbiy kontingentini kuchaytirishi kerak".

Bundan oldinroq ushbu siyosatchi AQSh tomoni IShIDga qarshi "urush e'lon qilishi" kerakligi haqida gapirib o‘tgandi.

O‘z navbatida, AQSh prezidenti Barak Obama Suriyaga quruqlikdagi qo‘shinlarni kiritish ehtimoldan uzoq ishligini ta'kidlab o‘tgandi.

Top