15:18 / 19.11.2015
2489

Buyuk Britaniya bosh vaziri safarlar uchun shaxsiy samolyotdan foydalanishni boshlaydi

Devid Kemeron va uning mulozimlari rasmiy safarlarga bosh vazir uchun tayyorlangan shaxsiy samolyot orqali uchadigan bo‘lishdi.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn byudjyet tanqisligini bartaraf etish maqsadida xarajatlarni qisqartirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Biz vazirlarning havodagi parvozlari soliq to‘lovchilarga qiyinchilik tug‘dirmasligi yo‘llarini izlamoqdamiz", deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida.

"Biz havo floti samolyotlaridan biri havo kemasini qayta jihozlab, vazirlarning foydalanishi uchun tayyorladik", deyiladi xabarda.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, samolyotning qayta jihozlanishi uchun 15,3 mln yevro sarflangan.

Hukumat matbuot xizmatining ta'kidlashicha, bu orqali har yili 1 mln dollar tejash mumkin bo‘ladi.

Top